✅ Sirdaryo viloyati qurilish va kommunal sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan Sirdaryo viloyati Guliston shahar hududida buyurtmachi “Bunyodkor quruvchi sanoat qurilish” MCHJ tomonidan qurilayotgan ko’p qavatli uy-joy obyekti o’rganildi
Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:
➖ QMQ 2.01.03-96 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” bandiga asosan zinapoya maydonchalari o‘lchamlari ishchi loyiha hujjatlari bo‘yicha emas;
➖ оbyektda texnik, mualliflik va ichki nazorat ishlari yuritilmagan;
➖ bajarilayotgan g‘ishtli devorlarning choklari tegishli talabga ko’ra gorizantalligi bo’yicha 12mm, vertikalligi 10mm qilib bajarilmagan;
➖ quyma beton ishlari esa sifatsiz qilingan.
⚠️ Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan buyurtmachiga qurilishni to’xtatish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berildi va Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.