➖ Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish ishlari jadal tarzda davom etgan holda yangi massivlar, xiyobonlar va ijtimoiy soha obyektlari barpo etilmoqda. Natijada hududlar yanada ko‘rkam qiyofaga kirib boraypti.
Bunga misol tariqasida Nukus shahridagi massivlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini keltirish mumkin. Xususan, hududda 20 ta ko‘p qavatli (7 qavatli) uy-joylar qurilishi belgilangan bo‘lib, mazkur qurilish ishlari “Nukus city” DUK hamda “KKRasi beton” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
Hududdagi qurilish ishlari o‘tgan yilning avgust oyida boshlanib, joriy yilning sentabr oyida to‘liq tugatilishi ko‘zda tutilgan.
E’tiborlisi, bu kabi xayrli ishlardan so’ng 840 ta oila o’z xonadoniga ega bo‘ladi.