• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Mar 1, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🔔 Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan Samarqand shahrida navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Unda Rudakiy ko‘chasi, “Al Farobiy” MFY 117-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro A.Bo‘riyev tomonidan o‘ziga tegishli uy-joy binosini buzib, o‘rniga yakka tartibdagi turar-joy qurish uchun Samarqand shahar qurilish bo‘limidan ruxsatnoma olganligi, ammo qo‘shimcha shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, o‘zboshimchalik bilan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirayotganligi aniqlandi.

Jumladan, shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi, yaʼni zilzilabardoshlilik, energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari va yong‘in xavfsizligi nuqtai nazaridan ekspertizadan o‘tkazilmagan.

🔵 Shuningdek, qurilishda masofalarning saqlanmaganligi hamda qo‘shni uchastka egalari bilan kelishmaganligi aniqlangan.

Bu esa tutash hududda joylashgan turar-joy binolari egalarining keskin noroziliklari va haqli eʼtirozlarini keltirib chiqarmoqda. Hozirda ushbu holat bo‘yicha Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunchiligiga ko‘ra fuqaro A.Bo‘riyevga nisbatan maʼmuriy chora qo‘llanilgan.