• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Mar 2, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

💧 Norin tumani aholisining ichimlik suvi taʼminoti yaxshilanmoqda.

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-son qaroriga asosan Namangan viloyati Norin tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari doirasida aholini ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash masalasiga ham alohida ahamiyat berilmoqda.

➡️ Xususan, tumanning “Suzoqovul” MFY hududida 4.3 km uzunlikdagi toza ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda. Bugungi kunga qadar mahallada “Obidjon Akmalxon hamkor” MCHJ tomonidan 1.5 km uzunlikdagi ichimlik suv quvurlarini tortish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, “Mustaqillikning 20 yilligi” mahalla fuqarolar yig’ini Tegirmonboshi ko‘chasida ham 2.2 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshirilmoqda.