BOSHQARMANING ASOSIY VAZIFA VA FUNKSIYALARI:
— Vazirlikda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq hujjatlar va topshiriqlarning oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
— hujjatlar va topshiriqlarning avtomatlashtirilgan nazoratga qoʻyilishini, ularning bajarilishini kuzatib borishni, ogohlantiruvchi nazoratni, ijro intizomini yakunlashni taʼminlovchi elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi yagona tizimining maʼlumotlar bazasini yuritadi;
— Vazirlik rahbariyatiga ijro intizomining joriy (har kunlik) va har oylik tahlilini taqdim etadi;
— nazorat samaradorligini oshirish, shuningdek yangi axborot texnologiyalarini joriy etish asosida hujjatlar va topshiriqlar bajarilishini hisobga olish, ularning aylanishi, tahlil va nazorat qilish yagona tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va rahbariyatga kiritadi;
— ogohlantiruvchi nazoratni tashkil qiladi. Ushbu maqsadlarda har oʻn kunda Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga navbatdagi oʻn kunlikda ishlari tugallanishi lozim boʻlgan hujjatlarni shakllantiradi va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma-eslatmalarni yozma va elektron shaklda yuboradi. Har oyda navbatdagi oy mobaynida ishlari tugatilishi lozim boʻlgan hujjatlarni shakllantiradi va ular toʻgʻrisida rahbariyatga axborot beradi hamda tarkibiy boʻlinmalar rahbarlariga eslatmalar yuboradi;
— rahbariyatga markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalaridagi ijro intizomi ahvolini oʻrganish natijalari toʻgʻrisida axborot beradi, uning topshirigʻiga muvofiq aniqlangan kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida buyruq va farmoyishlar loyihalari tayyorlaydi;
— har chorakdagi majlislarda koʻrib chiqish va muhokama qilish uchun oʻtgan chorakdagi ijro intizomi ahvoli toʻgʻrisida maʼlumotlarni ijrochilar boʻyicha ularning masʼuliyatini oshirish yuzasidan ular tomonidan tegishli qarorlar qabul qilish uchun tayyorlaydi va Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga beradi;
— Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari mutaxassislari — hujjatlar ijrochilari tomonidan topshiriqlarni bajarganlik toʻgʻrisida taqdim etilgan hujjatlar asosida ularni nazoratdan chiqarish ishlarini amalga oshiradi;
— rahbariyat tomonidan tasdiqlangan jadval boʻyicha muntazam ravishda respublika vazirliklari, idoralari va hokimliklarida ijro intizomi nazorati tashkil etilishini va uning ahvolini oʻrganadi, ularning natijalari boʻyicha elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimini joriy etish asosida ijroni roʻyxatga olish, hisobga olish, ularning aylanishi, tahlil va nazorat qilish yagona tizimini takomillashtirish masalalarida metodik va amaliy yordam koʻrsatadi;
— Vazirlik tarkibiy boʻlinmalarining tarmoq axborot resurslaridan, shu jumladan Internet resurslaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan muntazam monitoring oʻtkazadi va uning natijalari boʻyicha har oyda vazirlik rahbariyatga axborot beradi;