📎 2017-2022-yillar davomida Fargʻona viloyatida 2 528 ta koʻp kvartirali uylar joriy va mukammal taʼmirdan chiqarildi.
Ushbu maqsadlarga 5 yilda barcha manbalar hisobidan 130 mlrd.soʻmdan ziyod mablagʻlar yoʻnaltirilgan bo‘lib, birgina 2022-yil davomida boshqaruv kompaniyalari tomonidan 250 ta koʻp qavatli uylar taʼmirlandi.
Joriy 2023-yilda taʼmirga muhtoj 312 ta koʻp qavatli uylarni taʼmirlash hamda tutash hududlarni obodonlashtirish ishlari rejalashtirilgan. Mazkur ishlarga 33 mlrd.soʻmdan ortiq mablagʻlar sarflanishi koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, uy-joy kommunal sohasini raqamlashtirish, tizimda shaffoflik va oʻzaro ishonchni taʼminlash maqsadida joriy etilgan “Mening uyim” billing dasturiga viloyatdagi barcha koʻp qavatli uylar kiritilib, soliq, bank, kadastr va notarial idoralarga integratsiya qilindi. Endilikda fuqarolar majburiy badal toʻlovlarini uydan chiqmasdan turib amalga oshirishlari hamda toʻlovlarni ishonchli montoringi va avtomatik kuzatib borish imkoniga ega bo’ldilar.