🇺🇿 Millat va xalq tarixiy xotira tuygʻusi bilan barhayotdir!
Bugun butun mamlakatimiz bo’ylab keng nishonlanayotgan 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK bosh direktori Mirabbos Inoyatov boshchiligidagi xodimlar Toshkent shahridagi “Birodarlik qabristoni” memorial majmuasida bo’ldilar. Katta iftixor va bugungi kunga shukronalik hissi bilan majmuadagi Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo’yildi. Vatanimiz erki yo’lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
Urush va ayriliqlardan qaddi bukilgan, o’zbek xalqining dard-u tashvishlari, mushtipar onalar uqubatining timsoli hisoblangan Mutamsaro ona haykali qarshisida tinchlik-osoyishtalik, qadr tushunchasining mohiyatini yanada teranroq anglash mumkin.
Bugungi ibratli kun xotirjam o’tayotgan har onimizning qadriga yetishga, yurtimizning porloq kelajagi yo’lida munosib hissa qo’shishga da’vat etadi.