❗️“Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasi poyiga gulchambar qo‘yildi.
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkentdagi G‘alaba bog‘ida vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasi poyiga gulchambarlar qo‘yish tadbirida ishtirok etishdi.
Ushbu marosimda Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etdi.
➡️Bugun jamoamiz hamda faxriy arxitektorlarimiz bilan “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasi poyiga gulchambar qo‘ydik, – deydi Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Saidjon To‘xtayev. Yuragimizda urushda matonat ko‘rsatgan ota-bobolarimizga nisbatan hurmat-ehtirom va faxr tuyg‘usi yana bir bor jo‘sh urdi. Chinakam jasorat, bir necha yuz minglab o‘zbek o‘g‘lonlarining yurt sha’ni uchun kurashgani bugungi mustaqillik shamoli esayotgan zaminda yashayotgan har birimizning ko‘nglimizdan ularga bo‘lgan xotira va e’zozni mangu muhrlaydi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.