• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Inson aziz xotira muqaddas

May 9, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🕊  Tinchlik so‘zi har bir o‘zbek oilasi uchun alohida ma’noga ega. Bugungi to‘kin-sochinlik, baxt va farovonlikka tasavvur qilib bo‘lmaydigan mashaqqatlar, bobolarimiz tomonidan keltirilgan ulkan qurbonliklar orqali erishilgan.

O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi buyuk ajdodlarimizning ozodlik yo‘lida ko‘rsatgan jasorati va keltirgan qurbonligini g‘urur bilan eslaydi.

📝 Bugun 9-may kuni – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rahbariyati boshchiligidagi xodimlar poytaxtimizdagi Xotira maydonida bo‘ldi. Ular ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan hamyurtlarimiz yodiga hurmat bajo keltirib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydilar.