• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Inson borki, farzandi uchun yashaydi, dilbandlariga umrini baxshida etadi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > E'lonlar > Inson borki, farzandi uchun yashaydi, dilbandlariga umrini baxshida etadi
Iyun 1, 2022 Posted by: tested E'lonlar Yangiliklar

⚡️Oʻzbek xalqi ham azal-azaldan bolajon. Yurtimizning qaysi bir goʻshasiga bormang, bolalarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklarning guvohi boʻlasiz. Yosh avlodni jismonan va maʼnan sogʻlom qilib voyaga yetkazish, farzandlarimizni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan.

💐Bugun ham Oʻzbekistonda bayram. Zero, bolalarni himoya qilish kunidan maqsad keng jamoatchilik diqqatini barcha oʻsib kelayotgan bolajonlarga, ayniqsa, muammoli bolalarga, ularning huquqlarini himoya qilishga, himoyalangan dunyoda yashash imkoniyatlariga, baxtli bolalikka ega boʻlishlariga va oʻz mamlakatining toʻla-toʻkis hamda xotirjam fuqarosi boʻlishlariga ishonch uygʻotishdir.

🎉Qurilish vazirligi 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan ertamiz egalari boʻlgan aziz farzandlarimizga sogʻlik va baxt tilaydi!