⚡️Qurilish vazirligida murojaatlar bilan ishlashda samaradorlik birlamchi masalaga aylandi. Xususan, aholi muammolarini hal etishda yangi mexanizmlarni amaliyotga joriy etish, inson aralashuvining oldini olish borasida muayyan ishlar qilinmoqda. Raqamlar esa birgina shu yilning oʻtgan davri mobaynida turli masalalarda 2718 ta murojaatlar kelib tushganini, ularning 2176 tasi ijobiy hal etilganini koʻrsatmoqda. Qolganlari esa tegishliligi boʻyicha masʼul idoralarga yoʻnaltirilgan yoki amaliy jarayonda turibdi.
➡️Shu oʻrinda misollar haqida mulohaza. 2022-yilning fevral oyida Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Sharof koʻchasidan D.Hamidov oʻziga tegshli savdo doʻkoni hujjatlarini rasmiylashtirish uchun sarson boʻlayotgani haqida murojaat qiladi. Oradan bir muncha vaqt oʻtib, D.Hamidovni qiynab kelayotgan masalalar Qurilish vazirligi tomonidan oʻrganildi va ijobiy hal etildi. Yoki Toshkent shahri Mirobod tumanidan A.Ibrohimov qurilish korxonasining maʼlumotlari tegishli tashkilotlar tomonidan elektron platformaga notoʻgʻri kiritilishi oqibatida tenderda ishtirok eta olmayotgani haqida murojaat qilgan. Vazirlikning tegishli boʻlimlari tezkor ravishda ayni masalaga ijobiy yechim topdilar. Qurilish vazirligining ishonch telefoniga Qarshi shahar Nasaf koʻchasidan I.Mavlonov Savdo majmuasini 3 qavatli mehmonxona, sauna, basseyn, kafe dorixona, savdo doʻkoni va boshqa servis xizmat koʻrsatish markazlarini tashkil qilish uchun tegishli hujjatlarga oʻzgartirish kiritish boʻyicha murojaat qiladi va uning masalalari ham tez orada ijobiy hal etiladi.
🟢Umuman olganda bular faoliyat davomida uchraydigan holatlardan misollar edi. Eng muhimi vazirlik va uning tasarrufidagi tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlashda inson qadrini ulugʻlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvor maqsadga aylangan.