Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi veb-saytiga tashrif buyurganda foydalanuvchilar hech qanday qiyinchiliklarga duch kelmaydi: sayt barcha foydalanuvchilarga moslashtirilgan, dizaynda tanlangan ranglar sayt tuzish standartlariga mos.
Saytning bosh menyusi 6 ta qismdan iborat:
Qoʻmita – faoliyati, vazifalari va funksiyalari, tashkiliy tuzilma, rahbariyat, markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, tasarrufidagi tashkilotlar, Qoʻmita haya’ti, faxriylar, koʻkrak nishonlari.
Interaktiv xizmatlar – davlatga, fuqarolarga va tadbirkorlarga Qoʻmita tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati.
Me’yoriy huquqiy hujjatlar – Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari va Kodekslari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, idoraviy va ichki huquqiy hujjatlar, me’yoriy hujjatlar loyihalari, oʻz kuchini yoʻqotgan qonun hujjatlari.
Faoliyati – ochiq ma’lumotlar, statistik ma’lumotlar, Qo‘mitaning 2016-2020 yillar uchun konsepsiyasi, litsenziyalar roʻyxati, xalqaro hamkorlik, korrupsiyaga qarshi kurashish.
Axborot xizmati – Oʻzbekiston yangiliklari, Qoʻmita yangiliklari, akkreditatsiya tartibi, axborot xizmati, e’lonlar va tenderlar, foto lavhalarlar, press-relizlar, Qo‘mita va uning tizimidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida nizom, sayyor qabullar, video lavhalar.
Bogʻlanish – murojaat yuborish.
Saytning tepa qism oʻng tarafdagi panelida quyidagi tugmalardan iborat menyuni koʻrishingiz mumkin boʻladi:
Bosh sahifa – saytning bosh sahifasi.
Sayt xaritasi – saytning barcha muhim sahifalariga havolalar keltirilgan.
Saytning mobil versiyasi – agar Siz saytga mobil telefon orqali kirsangiz-u, sayt buni oʻzi bila olmasa, ushbu tugma orqali sayt mobil versiyasiga oʻzingiz oʻtishingiz mumkin.
RSS lenta – yangiliklar lentasiga obuna boʻlish. Agar Siz RSS-xabarlarini oʻqish uchun moʻljallangan dasturlardan foyddalansangiz, ushbu funksiya Siz uchun foydali boʻladi.
Ishonch telefoni – kechayu-kunduz va betoʻxtov tarzda fuqarolarni murojaatlarini telefon orqali qabul qilish. Qoʻmita Raisi va Rais oʻrinbosarlari qabuliga kirish uchun qabuldan bir kun oldin 273-84-01 telefon raqamlari orqali murojaat maxsus kitobga roʻyxatga olinadi.
Elektron manzil – murojaatni electron ravishda yuborish.
Maxsus imkoniyatlar – imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklarni taqdim etish (kontrastni qo‘shish, shriftni kattalashtirish, ovoz jo‘rligi funksiyalari).