‼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-33-son Farmoni ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 22-son bayoni bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan yangi tartib doirasida 161 ta massivlar tanlangan:
🏗 2022-yilda 161 ta massivlarda 442,9 gektar yer maydonida 24 746 xonadonli, 703 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan.
📈Dastur doirasida massivlarning qurilish loyihalari ishlab chiqilib, 7 ta tipda 5, 7, 9, 12 va 16 qavatlar ko‘p qavatli uylar joylashtirilgan.
🛠Hozirda ushbu massivlarda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.