Bugun mamlakatimiz ulkan bunyodkorlik, qurilish maydoniga aylangan va bu jarayonlarda xorijlik investorlar ham katta qiziqish bildirib, faol ishtirok etishmoqda.
Joriy yilning 6 aprel kuni Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Adilov xitoylik qurilish kompaniya vakillari bilan muloqot qildi. Uchrashuvda ko‘p qavatli turar-joylar, zamonaviy binolar qurilishiga oid masalalar muhokama qilindi va bu borada mamlakatimizda yaratilayotgan sharoitlar xususida fikr almashildi. Mehmonlar hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini aytib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
D.Adilov shu kunning o‘zida bir necha nafar yurtimiz fuqarolari, olimlari bilan ham muloqot qildi. Ular qurilish samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan yangi texnologiyalarni hayotga tatbiq etish masalasida, shuningdek o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan murojaat qilishdi.
Takliflar qo‘llab-quvvatlandi, muammolar joyiga chiqib o‘rganish va hal etish maqsadida nazoratga olindi.