⚡️Joriy yilning 17-iyun kuni “EDGE GREEN BUILDING CERTIFICATION SYSTEM” (Yashil qurilishni sertifikatlash tizimi) boʻyicha Jahon bankining Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan tashkil qilingan onlayn seminarda Qurilish vazirligi qoshidagi Qurilishda texnik meʼyorlash markazi mas’ullari hamda boshqa vazirlik, idoralar xodimlari ishtirok etishdi.
✅Mazkur seminarda “EDGE GREEN BUILDING CERTIFICATION SYSTEM”ning foydali tomonlari haqida maʼlumotlar berildi va ushbu tizimni Oʻzbekiston sharoitiga moslashtirish masalalari muhokama qilindi.
▶️Seminar tomonlarni qiziqtirgan savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi va kelgusida bunday uchrashuvlarni davom ettirish toʻgʻrisida kelishib olindi.