• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Jahon tajribasida o'zini oqlagan namunalar O'zbekistonda amaliyotga tatbiq etilmoqda

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Jahon tajribasida o’zini oqlagan namunalar O’zbekistonda amaliyotga tatbiq etilmoqda
Fev 6, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Xabaringiz bor, energiya tejamkorlik talablariga ko’ra, Respublikamizda mavjud 31 mingga yaqin turar-joy binolari tashqi devorlarining fasad qismlari, qalinligi 50 mm dan kam bo’lmagan, tom qismi esa qalinligi 100 mm dan kam bo’lmagan bazalt plitalari bilan qoplanmoqda.

Hududlardan tashrif buyurgan soha vakillari o’rganish ishlari davomida Chilonzor tumanida ham bo’lib, 7-mavzeda joylashgan turar-joy binolarining modernizatsiya jarayonlari bilan tanishdilar.

Mutaxassislar tomonidan energotejamkorlikka erishish uchun uy-joylarning nafaqat fasad qismini himoyalash balki, mavjud jarayonga kompleks yondashish darkorligi ta’kidlandi. Bu borada energiya samarador romlar, yo’lak eshiklarida o’zi yopiluvchi mexanizmlarni qo’llash, elektr sarfini kamaytiruvchi chiroqlar va harakat sezuvchi qurilmalardan foydalanish kerakligi ma’lum qilindi.

🏢 Ma’lumot uchun, “Bog’zor” MFY hududida joylashgan 37-38 hamda 45-“A” uylarning fasad va tom qismlari bazalt plitalari bilan qoplanmoqda, uylar yerto’lasidagi issiqlik ta’minoti quvurlari bosqichma-bosqich yangisiga almashtirilmoqda.