Tumanning Navoiy mahallasida 4 km uzunlikdagi yoʻl betonlashtirilayotgan bir paytda “Qalambek” va “Haqiqat” mahallalarida ham 408-sonli qarorning ijrosi sifatli taʼminlanmoqda.
Xususan, mahallalarning koʻchalariga jami 114 ta beton tayanch ustunlari oʻrnatilib, 3 km masofaga elektr simi tortilyapti, ikkita transformator podstansiyasi oʻrnatilyapti. Bir soʻz bilan aytganda, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bogʻliq eng dolzarb masalalar tizimli hal etilmoqda.