• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Jamoatchilik muhokamasi

Toshkent viloyati Zangiota tumani «Turkiston» MFY hududida “Mening birinchi uyim” dasturini tajriba-sinov tariqasida amalga oshirish belgilanib, mazkur hududdan 36,0 gektar yer maydoni tanlanib, ushbu hududda 36 ta ko‘p qavatli (5 qavatli ) turar-joy binolari  1582 ta xonadon qurilishi rejalashtirilib master-rejasi ishlab chiqildi.

Ushbu dastur doirasida 6328 aholiga  mo‘ljallangan turar-joy binolari va uning birinchi qavatida tadbirkorlik noturar obyektlar joylashtirilgan.

Shuningdek, “Mening birinchi uyim” dasturi doirasida, mazkur massivda ijtimoiy soha va ma’muriy binolar ham inobatga olinib:

1 ta 100 qatnovli poliklinika;

1320 o‘rinli (1-bosqichda -990 o‘quv o‘rinli, 2-bosqichda – 330 o‘quv o‘rinli) umumta’lim maktabi binolari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi;

2 ta 180 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi hamda hokimlik va ma’muriy binolar qurilishi rejalashtirilgan.

Ko‘p qavatli uy-joylar qurilishida energiya tejamkor materiallardan foydalanilishi hamda ushbu uy-joylar qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari bilan ta’minlanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishi belgilangan.

TAQDIMOT (PDF)

Leave a Reply

2 Comments