• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Okt 14, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🏃‍♂️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021-2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonining 5-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan 12 kunlik seminar yakunlandi.

🌐Shaharsozlik faoliyati sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish maqsadida oʻtkazilgan seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalaridan mutaxassislar ishtirok etishdi.

📝Oʻquv seminari Kadastr agentligi, Davlat xizmatlari agentligi, Toshkent Arxitektura va qurilish instituti, Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi, “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ, “OʻzshaharsozlikLITI” DUK, “ToshkentboshplanLITI” DUK va boshqa bir qator korxona hamda tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.

❕Unda tinglovchilarga nafaqat nazariy balki amaliy mashgʻulotlar ham olib borildi. Xususan, bugungi kundagi arxitektura va qurilish sohasida olib borilayotgan ishlar, yangiliklar, zamonaviy yutuqlar bilan birga sohada yoʻl qo‘yilayotgan kamchiliklar, mavjud muammolar yuzasidan mutaxassislarning maʼruzalari tinglandi. Tadbirda bu kabi oʻquv-seminarlarini hududlarda tashkil etish, soha mutaxassislarining malaka va koʻnikmalarini doimiy oshirib borishga kelishib olindi.

◀️Seminar yakunida Qurilish vazirining oʻrinbosari Sh.Jahongirov faol ishtirokchilarga sertifikatlar topshirdi.