• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Mar 17, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

❗️Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva xizmat safari bilan Navoiy viloyati Zarafshon shahrida bo‘lib turibdi. Maqsad aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish hamda shaharda faoliyat yuritib kelayotgan boshqaruv tashkilotlarining ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilishdan iborat.

Vazir o‘rinbosari va boshqa mutasaddilar ishtirokida zarafshonliklarning kommunal sohaga oid murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi. Unda aholi vakillarining sohaga doir 18 ta murojaati qabul qilindi. 10 ta murojaat joyida hal etilib, aholiga huquqiy tushunchalar berildi. Vaqt va joyiga chiqqan holda o‘rganish talab etiladigan murojaatlar qayd etilib, nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Ozoda Jo‘rayeva ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi bir necha boshqaruv tashkilotlarining faoliyatini ham o‘rgandi. Xususan, aholi murojaatlari bilan ishlash, uylarga texnik xizmat ko‘rsatish, atrof hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi. Shuningdek, kompaniyalar tomonidan aholi qulayligini ta’minlash uchun yaratilgan imkoniyatlar, xususan, tashkil etilgan qo‘shimcha servis xizmatlar ko‘zdan kechirildi.

➖Vazir o‘rinbosari uyma-uy yurib aholining sohaga doir fikrlari, takliflari va murojaatlari bilan qiziqdi. Ularga tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangiliklar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Ozoda Jo‘rayeva Zarafshon shahri 12, 13-kichik tumanlarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olib, ularni qiynab kelayotgan muammolar bilan qiziqdi. Imkoniyati cheklangan fuqarolarga kommunal to‘lovlarni to‘lashda yengillik berilishi kerakligi ta’kidlandi.