?Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosarining Zarafshon shahridagi oʻrganish ishlari davom etdi. Bugungi kunda shaharda jami 10 ta boshqaruv servis kompaniyasi faoliyat yuritib kelmoqda.
Shaharda yagona toʻlov tizimi tashkil etilgan boʻlib, fuqarolar barcha kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni umumiy kassaga toʻlaydi. Aholining kommunal resurslar, xususan issiqlik, suv, elektr energiyasi hamda suv chiqarish, chiqindi olib chiqish, majburiy badal toʻlovlari markazlashgan yagona kassada yigʻiladi. Shundan soʻng markaz kommunal xizmat taqdim etuvchi korxonalar hamda boshqaruv tashkilotlariga tegishli mablagʻlarni oʻtkazib beradilar.
Mazkur tizimda kuzatilgan muammolar, jumladan, mablagʻlarni oʻz vaqtida boshqaruv tashkilotlari hisobiga oʻtkazib berilmayotganligi kabi holatlar vazir oʻrinbosari tomonidan oʻrganildi.
– Kommunal xizmat sifati bevosita aholi kayfiyati bilan bogʻliq. Boshqaruv tashkilotlari samarali xizmat koʻrsatishi uchun yetarli sarmoyaga ega boʻlishi kerak. Yagona toʻlov tizimi juda qulay, ammo boshqaruv tashkilotlariga vaqtida mablagʻ yetib bormasa birinchi navbatda aholimiz aziyat chekishi mumkin, – dedi vazir oʻrinbosari.
☀️Mas’ullar tizimda kuzatilayotgan anglashilmovchilik holatlarining yechimini muhokama qildilar. Vazir oʻrinbosari vaziyatni shaxsan nazoratga olishini ta’kidladi.