• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Mar 18, 2023 Posted by: tested Videolavhalar Yangiliklar

? Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ishtirokidagi navbatdagi sayyor qabul Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida o’tkazildi.

Tumanda mavjud 305 ta ko’p qavatli turar-joy binolariga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari vakillari hamda faollar bilan uchrashuvda aholini qiynayotgan masalalar va ularning tezkor yechimlari doirasida kerakli choralar ko’rildi.

⬜️ Jami bildirilgan 12 ta murojaatdan 10 tasi joyida hal etildi. Suv oqizish (poliv) masalasidagi 2 ta murojaatni o’rganish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish ishlari ham boshlab yuborildi.

Shuningdek, sayyor qabulda turar-joy binolari oldida bolalar o’yingohlarini tashkil etish masalasi ham o’rtaga tashlandi. 56 ta uyda issiqlik ta’minoti bilan bog’liq muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.