• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Mar 18, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

✅Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Uchquduq tumani “Golden group” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. Bugungi kunda kompaniyaning 16 ta nafar xodimi 38 ta koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatib keladi. Vazir oʻrinbosari kompaniyaning dispetcherlik faoliyatini oʻrgandi. Aholi murojaatlarini shahar va viloyat kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalariga, shuningdek, vazirlikka toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiya qilish masalalari koʻrib chiqildi. Ozoda Joʻrayeva aholi qulayligini ta’minlash uchun qoʻshimcha servis xizmatlarni yoʻlga qoʻyish hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish lozimligini ta’kidladi.

Shu bilan birga Ozoda Joʻrayeva BSK boshqaruvida boʻlgan koʻp qavatli uylar hududiga koʻchat oʻtkazdi.

? Keyingi manzil tumandagi issiqlik manbaida boʻldi. Vazir oʻrinbosari korxona faoliyati, issiqlik qozonlari holati hamda 305 ta koʻp qavatli uyni issiqlik va issiq suv bilan ta’minlovchi korxonaning dispetcherlik xizmatini koʻzdan kechirdi. Korxonani zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda modernizatsiya qilish, xususan, eskirgan qozonlarni yangilariga almashtirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.