• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Mar 23, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

? Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva bugun Navoiy viloyati Tomdi tumanida boʻldi. Vazir oʻrinbosari hamda tuman hokimi ishtirokida aholining kommunal sohaga oid murojaatlari yuzasidan sayyor qabul oʻtkazildi.

Qabulda aholini qiynab kelayotgan 9 ta, xususan, koʻp qavatli uylarning ichimlik, oqova suv hamda sugʻorish tizimi boʻyicha murojaatlari qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning 5 tasi joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni bartaraf etish boʻyicha mas’ullarga tegishli topshiriq berildi.

? Vazir oʻrinbosari tomdiliklarni kirib kelayotgan Navroʻz bayrami bilan qutlab, sohaga doir oʻzgarish va isohotlar aholi manfaatini koʻzlab amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.

Navro’zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxt-u saodat, qut-baraka olib kelsin. Har bir oila, har bir xonadonda yaxshi kunlar, to’y-tomoshalar ko’p bo’lsin, – dedi Ozoda Joʻrayeva.