• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Mar 24, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

? Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi bir necha boshqaruv tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi.

Ta’kidlash lozimki, sovuq havo sharoitida tumandagi “Jangoh” mahalla aholisining tomdan chakki o‘tish, uylardagi kommunikatsiya tarmoqlari eskirganligi bo‘yicha ko‘plab murojaatlari yuzasidan vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva, Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Habibulla Mirsoatov, Toshkent shahar Markaziy Bank boshlig‘i Sherzod Xo‘jayev va boshqa mutasaddilar qator takliflarni muhokama qilgan edilar. Mazkur muammolarni bartaraf etish bo‘yicha homiylik asosida mahalladagi BSKlar faoliyatini takomillashtirish, uylarning tom qismini kapital ta’mirlash va boshqa zarur vazifalar belgilab olingan edi.

Bugun ham mas’ullar mazkur ishlarning borishi bilan tanishdilar. Xususan, mahalladagi 34 ta ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatuvchi “Yangi Jangoh plyus” BSK uchun qurilayotgan yangi bino va unda aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi. Shuningdek, hordiq chiqarish maskanlari, bolalar maydonchalarini barpo etish ishlari bilan tanishildi. Ozoda Jo‘rayeva bolalar o‘yingohlarida xavfsizlik qoidalariga e’tibor berish lozimligini ta’kidladi.

? Shayxontohur tumanida joriy yilda davlat budjeti hisobidan 153 ta ko‘p qavatli uyning barcha ichki kommunikatsiya tarmoqlari, elektr shitlari yangilanishi rejalashtirilgan. Shundan 10 tasi “Yangi Jangoh plyus” boshqaruvidagi uylarga to‘g‘ri keladi. Hozirda mazkur uylarning yerto‘lalarida ta’mirlash-tiklash ishlari boshlab yuborilgan. Mazkur jarayonning borishi bilan ham tanishilib, unga mas’uliyat bilan yondoshish zarurligi ta’kidlandi.

Mahalladagi 9-son uyning yerto‘la qismi tadbirkor investitsiyasi bilan mutlaqo yangi ko‘rinish kasb etgan bo‘lib, vazir o‘rinbosari bunday amaliyotni keng joriy etish lozimligini aytdi. Ko‘p qavatli uylarning yerto‘la qismlarini tadbirkorlarga ijara asosida berish va undan foyda ko‘rish asnosida uylarning holatini saqlash mumkinligini aholiga to‘g‘ri tushuntirish kerakligi bildirildi.

Shuningdek, mahallada davlat dasturi asosida “Jangoh” mahallasidagi 4 ta hamda BSK tomonidan 1 ta uyning tom qismi to‘liq ta’mirlanib, profnastil bilan qoplanmoqda.

? Ozoda Jo‘rayeva “Hadra” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari bilan ham tanishdi. Shuningdek, “Star kommunal servis” BSK faoliyati o’rganildi.