? Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun – mohiyatini tushuntirishga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.
Unda Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari va mutaxassislari tomonidan Yangi Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o’zgartirishlar haqida so’z bordi. Ta’kidlanganidek, yangilanayotgan Konstitutsiyada aholining barcha qatlami manfaatlari inobatga olindi.
*️⃣Konstitutsiyaviy qonun loyihasining ijtimoiy yo‘naltirilganligi alohida ahamiyatga ega. “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” degan konstitutsiyaviy tamoyil muhrlanayotgani va davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq normalar 3 baravarga oshayotganiga, shuningdek, hujjatning 31-40-47-moddalarida nazarda tutilgan normalarning ahamiyatiga alohida to’xtalib o’tildi.