? “Konstitutsiya – mening taqdirimda” mavzusidagi navbatdagi targ‘ibot tadbiri Andijon Iqtisodiyot va qurilish institutida bo’lib o’tdi. Unda so‘zga chiqqanlar yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning yurtimizda keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish, xalqimizning turmush farvonligini yuksaltirishdagi ahamiyatiga alohida to‘xtaldilar.
– Mamlakatimiz har jihatdan katta davlatga aylanmoqda. Aholimiz 2040-yilga borib 50 millionga yetadi, jamiyatning yarmidan ko‘pini yoshlar tashkil qiladi. Ularga munosib hayot sharoiti yaratish uchun esa barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat, samarali boshqaruv, ijtimoiy kafolatlar bo‘lishi lozim,- deya ta’kidlandi tadbirda.
◀️ Mutasaddilar talaba-yoshlar bilan samimiy suhbat qurib, ularning Konstitutsiyaga kiritilayotgan o’zgarishlarga doir fikr va mulohazalari bilan qiziqdilar.
Tadbir yakunida xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy Qonunni qabul qilishda yoshlarning o’rni alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.