• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Mar 27, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

? Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva poytaxtimizning Yangihayot tumani “Yangi Choshtepa” mahallasida boʻlib, mazkur hududda istiqomat qiluvchi aholi vakillarining sohaga oid murojaatlarini oʻrganmoqda.

Hozirga qadar jismoniy va yuridik shaxslarning boshqaruv tashkilotlari faoliyati, noqonuniy qurilmalar, uylar atrofini obodonlashtirishga qaratilgan 10 dan ortiq murojaatlari qabul qilindi. Tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda murojaatlar joyida oʻrganildi va bartaraf etish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

? Sohamiz bevosita aholi kayfiyati bilan bogʻliq. Shu bois ularning muammolari vaqtida bartaraf etilishi kerak. Boshqaruv tashkilotlariga berilayotgan imkoniyatlar zamirida aholimizga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadi yotibdi, – dedi Ozoda Joʻrayeva.

Fuqarolar murojaatlari e’tiborsiz qolmayotganidan, mahallaga kelib muammolarini oʻrganishayotganidan xursand ekanliklarini bildirdilar.
Vazir oʻrinbosari ishtirokidagi fuqarolar qabuli davom etmoqda.