? Eng chekka hududlarni qamrab olgan qarorning Shahrixonliklar taqdiridagi ijrosi!
Bugun Andijon viloyati Shahrixon tumani “Yoshlar” MFYda istiqomat qiluvchi 3400 dan ziyod aholining amalga oshirilayotgan islohotlarga ishonchi har qachongidan baland. Ular oʻzlarining koʻp yillik orzulari roʻyobini amalda koʻrmoqdalar.
?Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-sonli qarorining ijrosi yuzasidan Andijon viloyatining eng chekka hududlarida aholini uzoq yillardan buyon tashvishga solayotgan muammolar tizimli ravishda hal etilmoqda. Xususan, Shahrixon tumanidagi 500 dan ziyod xonadon joylashgan “Yoshlar” mahallasiga 4 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmogʻi tortilyapti, bitta quduq qazilmoqda.
Shu kunga qadar 3-4 km yoʻl bosib, aravada suv tashib ichishga majbur boʻlgan aholi ayni kezlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini katta hayajon va quvonch ila qarshi olmoqdalar.