?Ayni damda Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasida Germaniyaning Veymar shahridagi Bauhaus universiteti professori, qurilish sohasi yetuk mutaxassisi Hans Yoahim Bergstedt o‘zbekistonlik mutaxassislarga seminar o‘tkazmoqda.
⚠️Unda qurilishda nazorat va sifat borasida Germaniya tajribasi o‘rganilmoqda. Ma’lumot uchun, Hans Yoahim Bergstedt oldinroq Jizzax va Buxoro viloyatlarida bo‘lib, soha mutaxassislari uchun seminar tashkil etgan edi.