• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Mar 31, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

? Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Ulugʻbek Muhammadiyev, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva, Yangihayot tumani hokimi Hayot Inogʻomov va boshqa mutasaddilar Yangihayot tumanida ijtimoiy-iqtisodiy holatni oʻrganish boʻyicha tashkil etilgan shtab guruhi a’zolari bilan uchrashdilar.

Unda mas’ullar mamlakatimizdagi muhim siyosiy voqea – xalq referendumi mazmun-mohiyatini aholiga toʻgʻri tushuntirish, targʻibot ishlarini amalga oshirishda e’tibor berish lozim boʻlgan jihatlarga toʻxtalib oʻtdilar. Xususan, konstitutsiyaga kiritilayotgan har bir oʻzgarishlar aholini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarga yechim, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishni nazarda tutishi ta’kidlandi.

? Qisqa vaqt ichida tashkil etilgan bu tuman oʻz nomi bilan yangi. Shuncha yurtdoshlarimizni “vatan”li boʻlishini ta’minlash yoʻlidagi salmoqli ishlar mamlakatimizda inson qadrining ustunligini yana bir bor koʻrsatadi, – dedi Ulugʻbek Muhammadiyev.

Shtab a’zolariga aholi murojaatlarini oʻrganish, ularni bartaraf etishda amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha zarur vazifalar berildi.