☯️ Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Yangihayot tumani “Navqiron” mahallasida boʻlib turibdi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan poytaxtimizdagi 2 000 yaqin koʻp qavatli uylarning ichki kommunikatsiya tizimlarida ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilishi haqida xabar bergan edik.
Ozoda Joʻrayeva Yangihayot tumanidagi koʻp qavatli uylarda ayni maqsadda boshlangan ishlar bilan tanishdi. Tumandagi 55 ta ogʻir toifadagi uy ta’mirlash dasturiga kiritilgan boʻlib, hozirda 20 tasida amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Vazir oʻrinbosari ishlarni tizimli tashkil etilishini nazorat qilish boʻyicha boshqaruv tashkiloti vakillariga topshiriqlar berdi.
♾ Shuningdek, tumandagi 38 ta koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatuvchi “Nozim obod kommunal” BSK faoliyati ham oʻrganildi. Barcha sharoitga ega kompaniya binosida ishlar tizimli tashkil etilmaganligi, xususan, dispetcherlik xizmati toʻlaqonli faoliyat yuritmayotganligi qattiq tanqid ostiga olindi.
– Murojaatlar oʻz oʻzidan koʻpaymaydi. Dispetcherlik xizmatingiz yaxshi ishlamayaptiki, aholining soʻrovlari koʻpaymoqda. Sizning birinchi vazifangiz fuqarolar muammolarini bartaraf etish, ularning koʻnglini olish,- dedi Ozoda Joʻrayeva.
Vazir oʻrinbosari “Navnihol” mahalla markazida tashkil etilgan 588-saylov uchastkasida saylovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi. Hududlar atrofini ozoda saqlash boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.