? Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva rahbariyat qabulida kelib tushgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda oʻrganmoqda.
Dastlab, vazir oʻrinbosari hamda tuman IIB vakillari tomonidan Yashnobod tumani Muxtor Ashrafiy koʻchasi 92/5-uy fuqarosining qoʻshnisi tomonidan noqonuniy ravishda yertoʻla qazib olinganligi haqidagi murojaati oʻrganildi. Unga koʻra noqonuniy qurilma Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat inspeksiyasi koʻrsatmasiga binoan bartaraf etilib, uy avvalgi holatiga keltirilganligi aniqlandi.
*️⃣ Uyning 6-xonadonida yolgʻiz yashovchi fuqaro Nadejda Kameneskayadan koʻngil soʻralib, murojaati yuzasidan huquqiy tushuncha berildi. Shuningdek, u istiqomat qiluvchi koʻp qavatli uy xavfsiz ekanligi, ortiqcha xavotirga oʻrin yoʻqligi tushuntirildi.