Ayni damda Yashnobod tumani “Katta Qoʻyliq” mahallasi 2-a uy aholisining murojaati oʻrganilmoqda.
“Natural bio plyus” BSK boshqaruvida boʻlgan mazkur uy aholisi boshqaruv tashkiloti faoliyatidan norozi ekanligini bildirdi. Xususan, tomdan chakki oʻtish, obodonlashtirish masalalari e’tiborsiz qolayotgani ta’kidlandi. Jarayonga BSK mas’ullari ham chaqirtirilib, masalaning ikkinchi tomoni, ya’ni mulkdorlarning majburiy badal toʻlamasligi ham muhokama qilindi. Hozirda mazkur uyning debitor qarzdorligi 60 mln dan ziyodni tashkil etishi bildirildi.
Vazir oʻrinbosari boshqaruv tashkilotiga samarali ishlash tizimini tashkil etish, aholi bilan kommunikativ munosabatlarni mustahkamlash boʻyicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, aholi vakillari bilan suhbatda boʻlib, sohadagi islohotlar, xususan, oʻtgan va hozirgi davrning xizmat koʻrsatish sifatidagi farqlar qiyosiy tahlil qilindi. Sohada amalga oshirilishi koʻzda tutilayotgan kelgusi rejalar boʻyicha ma’lumot berildi.
Bundan bir necha yil oldin aholimizning koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish sohasiga boʻlgan ishonchi butunlay soʻnggan edi. Xonadonida kommunal muammo chiqsa, odamlar qayerdan mutaxassis topishni bilmay qiynalishar edi. Bugungi bizning harakatlarimiz, islohotlarimiz aynan sizlarning birlamchi ehtiyojlaringiz bilan bogʻliq. Aholining bugungi kunidan shukronalik hissi bilan yashashi uchun harakat qilmoqdamiz,- dedi vazir oʻrinbosari.
Uchrashuv soʻngida 2-a uy aholisi soʻroviga koʻra 9 qavatli uyning seysmik holati vazirlik koʻmagida instrumental oʻrganiladigan boʻldi. Shuningdek, kirish yoʻlaklari, xususan elektr shitlarida ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilishi bildirildi.