🔠 “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” yongʻin xavfsizligiga masʼul ekspertlarining malakasi oshirilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 579-sonli qaroriga muvofiq loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, mutaxassis-kadrlar malakasini muntazam oshirib borishni tashkil etish maqsadida yongʻin xavfsizligi asoslari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda malaka oshirish oʻquv kursi tashkil etildi.
60 soatga moʻljallangan oʻquv darslarini joriy yilning 3-13-aprel kunlari oʻtkazish rejalashtirilgan boʻlib , unga “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK va uning hududiy filiallari ekspertlari jalb etilgan.
🟪Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining malakali va yetuk mutaxassislari tomonidan tinglovchilarga yongʻin holatida binolardagi konstruktiv, hajmiy-rejaviy va muhandislik texnikaviy yechimlarni taʼminlash yuzasidan nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi.
“Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi”ekspertlarini bosqichma-bosqich davriy malakasini oshirish orqali qurilish obyektlari uchun ishlab chiqilayotgan loyiha hujjatlariga normativ hujjatlarda belgilangan yongʻinga qarshi talablarning toʻliq kiritilishi, davlat ekspertizasidan sifatli oʻtkazilishi hamda mutaxassislar masʼuliyatini oshirish kabi masalalar koʻzda tutilgan..