• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Apr 10, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🗺 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan “Sifat kommunal” boshqaruv servis kompaniyasining qurilishi tugallanayotgan yangi binosi bilan tanishdi.

Vazir oʻrinbosari binoda aholi uchun yaratilayotgan sharoitlarni oʻrgandi. Shuningdek, fuqarolarga qoʻshimcha servis xizmatlarni koʻrsatish imkoniyatlari koʻzdan kechirildi. Binodan goʻzallik saloni, kiyimlarni kimyoviy tozalash va tikuvchilik markazlari kabi qator maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchalari joy olayotgani, bu esa aholiga har tomonlama qulay sharoit yaratishi ta’kidlandi.

😇Boshqaruv tashkiloti muqobil energiyaga ham e’tibor qaratgan boʻlib, oʻz mablagʻlari hisobidan 15 kVtlik quyosh panellarini oʻrnatgan. Shuningdek, aholi hordiq chiqarishi uchun moʻjazgina bogʻ, sport maydonchasi va work outlar tashkil etilgan. 20 ta oʻrindiqli mazkur bogʻ aholining dam olish va sogʻlom hayot kechirishini ta’minlash maqsadida zarur anjomlar bilan barpo etilmoqda.