• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Apr 10, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

😎 Kuni kecha kuzatilgan noqulay ob-havo tufayli poytaxtimizning Yangihayot tumani “Binokor” mahallasida joylashgan 50-son uyning taxminan 200 kv m tom qismini shamol uchirib ketgan. Tumanning Toshkent viloyatiga chegara hududida roʻy bergan holat vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva tomonidan joyiga chiqqan holda oʻrganildi. Mutasaddi tashkilotlar hamda mazkur uyga xizmat koʻrsatuvchi “Yangi hudud” BSK ishchi xodimlaridan tarkib topgan tezkor guruh tomonidan hozirda ta’mirlash-tiklash, qoplash ishlari amalga oshirilmoqda. Ozoda Joʻrayeva jarayonni koʻzdan kechirar ekan ish sifatini oshirish va mulkdorlar xavfsizligini ta’minlash lozimligini ta’kidladi.

*️⃣Shuningdek, “Yangi hudud” boshqaruv tashkilotiga aholiga xizmat koʻrsatishda yuqori samaradorlikka erishish, qoʻshimcha xizmat turlarini koʻpaytirish boʻyicha zarur topshiriqlar berildi.

Ma’lumot uchun, “Yangi hudud” BSK jami 48 ta koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatib, shundan 22 tasi “Binokor” mahallasida joylashgan.