• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Noyabr 9, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🏛 Bugun “ToshkentboshplanlitiDUKdagi “Hayot laboratoriyasi”da Qurilish vaziri Botir Zokirov ishtirokida Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

❕ Uchrashuvda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Said To‘xtayev hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – shahar bosh arxitektori lavozimiga vaqtincha tayinlangan Shavkat Dusmuhamedov yangi hamkasb-jamoalari bilan ham tanishtirildi.

🔔 O‘z xizmat vazifalariga kirishishlaridan oldin boshqarmaning yangi rahbarlariga Botir Zokirov ularning mashaqqatli lavozimlarida munosib xizmat qilishlarini tayinlab, kelgusida Toshkent shahrini yanada obod qilish ishlarini davom ettirishdek mas’uliyatli vazifalar turganini ta’kidladi.

✅ Shuningdek, soha xodimlariga ham qurilish tarmoqlarida yangiliklarni joriy qilish taqozo etilayotgan bugungi davrda davlat rahbari tomonidan qo‘yilayotgan ko‘plab vazifalar va talablarni bajarish hamda bu yo‘lda hamma birdek mehnat qilishi lozimligi tushuntirildi.