• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Apr 17, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

↪️ Qurilish va uy-joy kommunal xojaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Bektemir tumani hokimligida aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari bilan ishlash, zamonaviy mahalla strukturasini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishdi.

Bektemir tumanida 18 ta mahalla fuqarolar yigʻini, 185 ta koʻp qavatli uy mavjud boʻlib, unda 69 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Shtabga barcha mutasaddi tashkilotlardan vakillar jalb etilgan, xususan vazirlik mas’ullari ham aholi muammolarini joylarga chiqqan holda oʻrganmoqdalar. Ozoda Joʻrayeva qurilish va kommunal sohaga oid kelib tushgan murojaatlar yechimi boʻyicha mutaxassislar bilan muhokama oʻtkazdi.

– Sohaga oid har qanday murojaat e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Mahallalarda yurib aholi murojaatlarini oʻrganish, ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrishimiz kerak. Mazkur yoʻnalishda biz sizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaymiz, – dedi Ozoda Joʻrayeva.