⚠️ Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Bektemir tumani mahallari raislari hamrohligida tumandagi 1-sektorga qarashli koʻp qavatli uylarni borib koʻrdi. Xususan, 3 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiluvchi “Zilola” mahallasida boʻlib, undagi muammolar koʻzdan kechirildi. Mahalla faollari tomonidan bildirilgan 77-koʻp qavatli uyning 1 va 2-yoʻlagidagi liftlarni almashtirish, uylar atrofiga oʻrindiqlar oʻrnatish kabi qator takliflar qabul qilindi. Shuningdek, “Rohat” mahallasidagi 48-son uyda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning xonadoni tez kunlarda ta’mirlab beriladigan boʻldi.
Vazir oʻrinbosari mahalla raislarining sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabati, odamlar turmush tarzidagi oʻzgarishlar haqidagi fikrlariga qiziqdi. Mahalla raislari tomonidan tumanda amalga oshirilgan islohotlar alohida e’tirof etildi.