🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Yangihayot tumani “Yangi Choshtepa” MFYda joylashgan 30-sonli uyda ham boʻldi. Xabar berganimizdek, joriy yilning 18-mart kuni mazkur uyning 1-kirish yoʻlagidagi liftda yongʻin sodir boʻlgan.
Hozirda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan yoʻnaltirilgan mablagʻlar hisobidan lift mukammal ta’mirlanib, zarar koʻrgan qismlari yangisiga almashtirilmoqda.
🫥 Vazir oʻrinbosari jarayonni koʻzdan kechirdi. Mas’ullarga ish sifatini yanada samarali tashkil etish vazifasi belgilandi.
Xususan, Ozoda Joʻrayeva Yangihayot tumanida mahalla raisi va faollar bilan sohaga doir boshqa masalalarni ham muhokama qilishdi.