💬 Yoshlar oʻzining tashabbuskorligi, sofdillikka, adolatga intilishi bilan taraqqiyotning buyuk kuchlaridan birini tashkil qiladi. Bugungi globallashuv zamonida yosh avlodni zararli gʻoyalardan asrash, ularni toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirish dolzarb masalalardan biridir.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Hidoyatov alohida e’tibor talab etuvchi yoshlarning ijtimoiy holati va qiziqishlarini oʻrganish maqsadida Toshkent viloyati Qibray tumanida boʻldi.
Sherzod Hidoyatov bir necha yoshlar bilan suhbat qurib, ularning kelgusidagi maqsad va rejalari, muammolari bilan qiziqdi. Yoshlarga hayotini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish hamda jamiyatda munosib oʻringa ega boʻlishlari uchun zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, nogironligi bor, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar holidan xabar olindi. Barcha qayd etilgan masalalar yechimi mas’ullar bilan muhokama qilindi.
✔️ Ma’lumot uchun, “Mahalladan vazirlikkacha” tizimi orqali Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi rahbariyati hamda vazirlikning hududiy boshqarma va bo‘limi boshliqlariga 2 000 nafarga yaqin yoshlar biriktirilgan boʻlib, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, hayotda o‘z o‘rnini topishiga va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishga koʻmaklashish vazifasi yuklatilgan.