🗺Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva hamda “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK bosh direktori Mirabbos Inoyatov poytaxtimizning Bektemir tumanida boʻlib, koʻp qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning sohaga doir muammolarini oʻrgandilar. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi.
Xususan, tumanning “Rohat”, “Mirishkor”, “Abay” mahallalaridagi nogironligi bor oilalar, boquvchisini yoʻqotgan qariyalardan koʻngil soʻraldi.
– Davlatimiz rahbari tomonidan aholining ijtimoiy himoyasiga katta ahamiyat berilib, inson qadr-qimmatini ulugʻlash islohotlarimiz asosini tashkil qilmoqda. Biz davlat xizmatchilari sizlarni doim eshitishga, muammolaringizni hal etishga tayyormiz,- dedi Ozoda Joʻrayeva.
Avvalroq xabar berganimizdek, Bektemir tumanida aholini ijtimoiy-iqtisodiy, xususan qurilish va kommunal sohadagi muammolari bilan ishlash boʻyicha shtab tashkil etilib, unga vazirlik va uning tizim tashkilotlaridan mutaxassislar jalb etilgan. Hozirda mas’ullar tomonidan fuqarolarning murojaatlari uyma-uy yurgan holda oʻrganilmoqda.