• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Apr 26, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🏘 Vazirlik mutasaddilari va ishchi guruh vakillari o‘rganish ishlarini Toshkent viloyati Chirchiq shahrida davom ettirmoqdalar. Shaharda 37 798 ta xonadondan iborat 916 ta ko‘p qavatli uy mavjud. Bugungi kunda 12 ta boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ko‘p qavatli uylar aholisiga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov, vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva hamda sohaga daxldor boshqa mas’ullar “ENG ZO‘R” boshqaruv tashkiloti faoliyatini o‘rgandilar. Kompaniyaning aholiga xizmat ko‘rsatish sifati, moddiy texnika bazasi, qo‘shimcha xizmat turlari mavjudligi, tun-u kun faoliyat yurituvchi dispetcherlik xizmati ko‘rib chiqildi. Shuningdek, kompaniya boshqaruvida bo‘lgan ko‘p qavatli uylar holati, hududlarning obodligi, bolalar o‘yingohlarining mavjudligi kabi qator holatlar ko‘zdan kechirildi.

🏢 Xususan, ko‘p qavatli uylar atrofi e’tiborsiz qoldirilgani va kompaniya faoliyatidagi boshqa kamchiliklar qattiq tanqid ostiga olindi. Mavjud salbiy holatlarni bartaraf etish, ushbu jarayonga vazirlik mas’ullarini jalb etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Ma’lumki, Chirchiq shahrida 2 qavatli uylar ko‘p. Qurilganiga ko‘p yillar bo‘lgan mazkur uylarning muammolari ham yetarlicha. Mutasaddilar ana shunday uylarning holati bilan tanishib, undagi muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rib chiqdilar. Muhokamalar davomida mas’ullar tomonidan bildirilgan takliflar hamda aholi bilan suhbat davomida aniqlangan muammolarga yechim sifatida belgilangan vazifalar ish dasturiga kiritiladigan bo‘ldi. Unda aholi murojaatlari bilan ishlash mexanizmini qayta ko‘rib chiqish, bunda samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.