💳 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 4-avgust kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hamda bitiruvchi kurs talabalarini davlat xizmatiga jalb qilish samaradorligini oshirish maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda “Xalqchil davlat fuqarolik xizmatiga ochiq yo‘l” shiori ostida targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazilmoqda.
📌 Qurilish vazirligida 2022-yil 11-noyabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetidan vazirlikda tajriba oshirish maqsadida ariza asosida murojaat qilgan bitiruvchi kurs talabalari uchun youtube platformasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri test sinovi tashkil etildi.
‼️Shu tariqa vazirlik tizimida eng munosib kadrlarni tanlash va istiqbolli kadrlarni tayyorlashni tizimli yoʻlga qoʻyilib, OTM bitiruvchilarini vazirlikka jalb qilish samaradorligi oshiriladi.
🛡 Jumladan, oliy taʼlim muassasalari hamda davlat xizmati oʻrtasida integratsiyani yoʻlga qoʻyish, eng salohiyatli va bilimli bitiruvchilarni jalb qilish, ariza topshirib, sinovlardan o‘tgan bitiruvchilarni vazirlikka stajirovka oʻtash uchun yoʻnaltirish hamda “Ustoz-shogird anʼanasi” asosida tajribali mutaxassislarga biriktirish, amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarni tanlov (suhbat) asosida davlat xizmatiga ishga qabul qilinishi kabi natijalarga erishiladi.