⚠️ Mutasaddilar ishtirokidagi keyingi o’rganish manzili Toshkent viloyati Qibray tumani bo’ldi. Tumanda jami 192 ta ko’p qavatli uy mavjud, ularning 24 tasi boshqaruvga ega bo’lmagan uylar hisoblanadi. Qolgan uylarga 2 ta BSK hamda 3 ta uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan xizmat ko’rsatilib kelinadi.
Raqamlardan ko’rinadiki hududda kommunal muammolar yetarlicha yig’ilib qolgan. Ozoda Jo’rayeva soha mas’ullari bilan muammolarni tizimli o’rganish va bartaraf etish choralarini muhokama qildi. Jarayonga bor imkoniyatlarni ishga solgan holda jiddiy yondoshish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, vazir o’rinbosari va boshqa mutasaddilar tumandagi “Yangi avlod” mahallasida ham bo’ldilar. Mazkur mahalla Qibray tumanining Qozog’iston bilan chegaradosh hududi hisoblanadi. Mahallada jami 15 ta ko’p qavatli uy mavjud bo’lib, ularga “Yangi avlod” uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan xizmat ko’rsatib kelinadi. Aholi bilan suhbatda kelib tushgan takliflarga asosan mazkur shirkatni boshqaruv tashkilotiga o’zgartirish imkoniyati ko’rib chiqildi. Shuningdek, fuqarolarning sohaga oid boshqa murojaat va takliflari qabul qilinib, amaliy ko’mak berilishi bo’yicha zarur vazifalar belgilandi.