• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

May 3, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🔎 Vazir oʻrinbosari ichki tizimdagi muammoni koʻtardi

Ishchi guruh Chirchiq shahridagi RK-3 8-kichik nohiya qozonxonasini ham koʻzdan kechirdi. Ushbu qozonxona faoliyati 2018-2019-yillarda toʻxtagan boʻlib, bugungi kunda toʻliq modernizatsiya qilinmoqda. Hozirda ikkita qozon oʻrnatilgan bo‘lib, yana bittasi mablagʻ yetishmovchiligi sabab olib kelinmagan. Agarda qozonlar toʻliq yangilansa iqtisodiy samaradorlik 30% oshadi. Natijada shu atrofdagi 108 ta koʻp qavatli uyning issiq suv va issiqlik tizimi yaxshilanadi.

🫥 Ozoda Joʻrayeva qozonlarni yangilash bilan bir vaqtda ichki tizimga ham eʼtibor qaratmasak, qilingan ishlar samarasi aholi turmush tarzida aks etmasligini aytdi. Hozirda uylarga boradigan asosiy quvurlar yaroqsiz ekani, uy ichidagilari esa butunlay kesib tashlanganini koʻrish mumkin. Shuni inobatga oladigan boʻlsak, qozonxona yangilangani masalaning yarim yechimi, – dedi vazir o‘rinbosari.