• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

May 4, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🔎 Ishchi guruhi a’zolari Toshkent viloyati Piskent tumanida boʻlib, koʻp qavatli uylarning holatini oʻrgandi. Tumanda jami 36 ta koʻp qavatli uy mavjud boʻlib, 1 ta boshqaruv-servis kompaniyasiga biriktirilgan. Mazkur kompaniya Ohangaron tumanidagi boshqaruv tashkilotining filiali hisoblanadi.

Tumandagi koʻp qavatli uylarning holatini yaxshi deb boʻlmaydi. Chunki aholining toʻlov koʻrsatkichi 20 foizni ham tashkil etmaydi. Bu esa xizmat koʻrsatish sohasida qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Shuningdek, tumandagi aksariyat uylarning “tugʻma” muammolari ham yetarlicha. Uylarning ichimlik va oqova suv, ichki kommunikatsiya tizimlari loyihada mavjud boʻlmagan. Bu esa shiddat bilan rivojlanayotgan standartlarga mos kelmaydi.

🟪 Oʻrganish jarayonlariga Qurilishda texnik me’yorlash va  standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari ham jalb qilinib, muammolarni bartaraf etish imkoniyatlari muhokama qilindi.