💳 Joriy yilning 25-oktabr kuni qabul qilingan “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-sonli Prezident qarori asosida Qurilish vazirligi vakolatlari doirasida maxsus dastur ishlab chiqilgan.
🛡 Dasturga muvofiq jami 5 284 ta mahallalardagi 6 007 ta ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlarida qurilish-taʼmirlash ishlarini bajarish belgilangan. Jumladan:
💬 ijtimoiy soha obyektlari – 160 ta (maktab – 53 ta, bogʻcha – 33 ta, sport – 74 ta);
💬 infratuzilma obyektlari – 5111 ta (ichki yoʻllar – 2 602 ta, ichimlik suv taʼminoti – 1 848 ta, oqava suv taʼminoti – 91 ta, elektr energiyasi taʼminoti – 498 ta, gaz taʼminoti – 72 ta);
💬 boshqa obyektlar – 736 ta.
📎 Ayni paytda maʼlumotlarni real vaqt rejimida tahlil qilish uchun vazirlikda shtab tashkil etildi. Shtab aʼzolari tomonidan maʼlumotlar doimiy ravishda tahlil qilib borilmoqda.
🔔 2022-yil 14-noyabr holatiga koʻra ushbu dastur ijrosi yuzasidan respublika boʻyicha umumiy holat quyidagicha:
🗣 hududlarda 6 007 ta obyekt boʻyicha Xalq deputatlari kengashi qarorlari qabul qilindi;
🗣 jami 6 007 ta obyektdan 5 859 tasining manzilli dasturlari tasdiqlandi;
🗣 yer ajratish boʻyicha 1 108 ta obyektga qaror talab etiladi, shundan, 610 tasining qarorlari chiqarildi;
🗣 Arxitektura rejalashtirish topshirigʻi (ART) 1 970 ta obyektga talab etiladi, shundan, 1015 ta ARTlar ishlab chiqildi;
🗣 5 983 ta obyektning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi belgilangan boʻlib, shundan 3 672 ta loyhachi aniqlandi;
🗣 2670 ta obyektlarning davlat ekspertizasi xulosalari olindi.
📌 Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdorining 6000 baravaridan ortgan miqdordagi qurilish ishlari “Shaffof qurilish” tizimi orqali roʻyxatdan oʻtgan qurilish tashkilotlari hamda BHMning 6000 baravarigacha boʻlgan miqdordagi qurilish ishlari “e-xarid” tizimidagi tenderlar asosida tashkil etiladi.
🌍 Respublikada mavjud jami mahallalarning qariyb 50 foizidagi eng dolzarb muammolarni hal etish ishlari 2022-yilning 1-dekabridan boshlab davom ettiriladi.
📝 Dasturga muvofiq mahallalarda mavjud ijtimoiy soha hamda infratuzilma obyektlarida qurilish-taʼmirlash ishlarini bajarish uchun 7 046,8 trln. soʻm ajratilishi belgilangan.