• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

May 8, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov, vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva va boshqa kommunal sohaga mas’ul mutasaddilar o‘rganish ishlarini Ohangaron shahrida davom ettirmoqdalar. Xususan, hududda joylashgan ko‘p qavatli uylarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, uylar atrofining tozaligi ko‘zdan kechirilmoqda.

Ohangaron shahrida jami 196 ta ko‘p qavatli uy mavjud bo‘lib, bugungi kunda 6 ta boshqaruv-servis kompaniyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Mutasaddilar bir necha boshqaruv tashkilotlarida bo‘lib, ularning faoliyati, aholi qulayligi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Holat viloyatdagi boshqa shahar va tumanlarga nisbatan yaxshi, ammo kamchiliklar ham yo‘q emas.
Jumladan, “Kelajak zamin” boshqaruv-servis kompaniyasi o‘z ishini tizimli yo‘lga qo‘ygan. Аholi murojaatlarini qabul qiluvchi dispetcherlik xizmati tun-u kun faoliyat yuritib kelmoqda. Uylarning texnik holati ham yomon emas. Shuningdek, billing tizimidagi tushumlar ko‘rsatkichi 90 foizni tashkil etmoqda.

Keyingi o‘rganish obyekti “Muhtasham uy” BSK bo‘ldi. Shahardagi 50 ta ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatuvchi mazkur boshqaruv tashkilotining faoliyati ham qoniqarli deb topildi. Ammo aholidan tushayotgan majburiy badal tushumlari ko‘rsatkichining pastligi qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Mazkur muammoga yechim sifatida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish lozimligi ta’kidlandi. Bu bo‘yicha tegishli mas’ullarga bir necha vazifalar yuklatildi.